«Uztransgaz»da innovatsiyalar: yangicha gaz taqsimlash, online to‘lov va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak». Bugun bu so‘zlar ko‘plab sohlarda o‘z isbotini topmoqda. Shu maqsadni o‘z faoliyatining asosiy mezoni deb bilgan «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati ham bu borada tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bilan OAV vakillarini va ular orqali butun xalqimizni yaqindan tanishtirish uchun bugun Toshkent viloyatiga press-tur tashkil etdi.

001 korrespondent uz uztransgaz 1
Foto: «Korrespondent.uz» / Farhod Umarov

«Sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash – rivojlantirishning muhim omili» mavzuidagi brifing, press-tur va ko‘rgazmadan iborat ushbu tadbirda sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalar, nou-xaular, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, gaz transport tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishtirish nazarda tutilgan. Press-tur doirasida jurnalistlar Toshkent viloyatining Qibray tumaniga yetib kelishdi. Bu yerda mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarning gaz bilan ta’minlanish jarayoni bilan tanishishmoqda.

Tadbir davomida tumanning «Usmon Yusopov» MFYdagi gaz taqsimlash punkti bilan namoyish etildi. Ilk bor sinov tariqasida joriy etilgan bu taqsimlash punktlari gaz yetkazib berishdagi uzilishlar, bosimning o‘zgarib turishi kabi noqulayliklarning oldini olish uchun mo’ljallangan.

001 korrespondent uz uztransgaz 2
Foto: «Korrespondent.uz» / Farhod Umarov

Endilikda har bir xonadonga alohida gaz sozlovchi uskunalar ham o‘rnatiladi. Jarayon esa yagona dispecherlik xizmati orqali nazorat qilinadi.

Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim mahallalarida joriy etilayotgan bu tizim orqali gaz bosimi 10 boravarcha oshirish imkonini beradi. Yetkazib berish jarayonida gaz sizib chiqish hollarining oldi olinadi.

Iste’mol qilingan gaz uchun to‘lov tizimi ham yangilanmoqda. Online rejim orqali amalga oshirilayotgan to‘lov ishchi kuchi sarfini va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi. Pul o‘tkazmalari «Click» tizimi orqali amalga oshirilib, iste’molchining hisobidagi mablag‘ tugagan kundan boshlab elektron ravishda unga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi. Bu noo‘rin qarzliklarning oldini oladi. Tizimning yana bir afzalligi hisobdagi mablag‘ ma’lum miqdorga yetgach, iste’molchiga hisobida mablag‘ kam qolgani va qayta to‘ldirish haqida elektron xabar yuboriladi.

001 korrespondent uz uztransgaz 3
Foto: «Korrespondent.uz» / Farhod Umarov

Tadbir doirasida ko‘rgazma ham tashkil etildi. Unda kompozitli yangi gaz ballonlar, gaz ballon tashuvchi GPS o‘rnatilgan yangi transpostlar, samarali gaz hisoblagichlar, 2 konturli qozonlar, is gazidan ogohlantiruvchi avtomat qurilma, plastik samarador quvurlar va online to‘lov xizmatlari namoyish etildi.

Farhod Umarov

Fikr bildirish

Latest from Blog