“Oʻzavtosanoat” va Fransiyaning PSA Groupe kompaniyalari Jizzax viloyatida qoʻshma avtomobil zavodini qurish loyihasi konsepsiyasini qayta koʻrib chiqib, iqtisodiy mezonlarni takomillashtiradi, deya xabar qildi “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati.
«Boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar», — deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda obyektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi boʻyicha tegishli kontraktlar tuzilgan, deya qayd edi “Oʻzavtosanoat”.
Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive (UzPCA) qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish majmuasi poydevoriga kapsula qo‘yish marosimi 2017 yil iyulida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan edi.
QK ustav kapitali 30 mln yevroni tashkil etib, teng ulushda taqdim etilgan. Loyiha bo‘yicha umumiy investitsiya miqdori 130 mln dollarga yaqinroqni tashkil etadi. Majmuaning ishlab chiqarish quvvati 13 ming dona Peugeot Expert va 3000 Peugeot Boxer modelidan iborat.
Dastavval zavodning 2019 yil birinchi choragida foydalanishga topshirilishi belgilangan edi. Biroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi vaqtida ob’ekt 2018 yil 10 dekabrida ishga tushishi kerakligini ma’lum qildi.