Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti sifatidagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Usmonovning vakili TASS agentligiga bergan bayonotida, bu qaror federatsiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilinganini ma’lum qildi.
«Alisher Usmonov o‘zining so‘zsiz g‘alabasidan so‘ng, FIE manfaatlarini ko‘zlab, unga nisbatan joriy etilgan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan sanksiyalar FIE va uning faoliyatiga ta’sir qilmasligi uchun zarur choralarni ko‘rishini bildirdi,» — dedi Usmonovning vakili. Shuningdek, u FIE ijroiya qo‘mitasi Usmonovning o‘z vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgani haqida xabardor qilinganini ta’kidladi.
Usmonovning Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzodi oktyabr oyida ilgari surilgan edi. Uning nomzodini 103 mamlakat qo‘llab-quvvatlagan.
30-noyabr kuni esa to‘rt nafar rossiyalik Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi komissiyalariga kirgani haqida xabar berilgan edi.