AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘rta Osiyo bo‘yicha mintaqaviy Direktori Jatinder Chima va «Uzfarmsanoat» davlat aktsioner kontserni boshqaruvi raisi Mirzanozim Do‘smuratov O‘zbekistonda «Dori-darmonlar sifatini oshirish» loyihasini amalga oshirishda «Uzfarmsanoat» va USAID o‘rtasida hamkorlikni rasmiylashtiruvchi o‘zaro bitimga imzo chekdilar. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.
Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati
Tantanali tadbirda «Uzfarmsanoat» O‘zbekiston sog‘liqni saqlash va tashqi ishlar vazirliklari hamda sog‘liqni saqlash vakillari va boshqalar qatnashdilar.
Hozirda O‘zbekistonda tibbiyotda qo‘llanadigan ikki mingdan ortiq dori-darmonlar turi ishlab chiqaradigan 146 korxona mavjud. «Uzfarmsanoat» O‘zbekistonda faoliyat olib boradigan eng yirik davlat farmatsevtik aktsioner tashkiloti xisoblanadi.
USAIDning ushbu loyihasi «AQSh Farmakopiya konventsiyasi» nodavlat ilmiy tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bu tashkilot dori-darmon qonun doirasida ishlab chiqarilishi va sifat standartlarini qo‘llab-quvatlash ustida hamkorlik olib boradi. «AQSh Farmakopiya konventsiyasi» jahon bo‘ylab ishlab chiqariladigan, tarqatiladigan va iste’mol qilinadigan dori-darmon aslligi, belgilangan dozasi, sifati va tozaligini belgilovchi tashkilot sanaladi. USAID ko‘magi sil kasalligiga qarshi dori darmonlar ishlab chiqaruvchilarga xalqaro standartlarga javob berishini ta’minlovchi va jahondagi yagona dori-darmonlar sifatini tasdiqlovchi Jahon Sog‘liqni-saqlash Tashkilotining tasdig‘ini olishda yordam ko‘rsatadi.
Doktor Chima USAID bilan xamkorlik muhimligini ta’kildar ekan: «Xozirda sil kasalligi dunyodagi barcha infektsion kasalliklar orasida eng ko‘p inson hayotiga zomin bo‘lmoqda va O‘rta Osiyoda ham dolzarbligicha qolmoqda. USAID O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan dori-darmonlar sifati yuqori standartlarga javob bera oladigan, xavfsiz va samarali bo‘lishi, hamda mahalliy va xorijiy iste’molchilarga yetib borishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik olib borishdan g‘oyat mamnun» – deb ta’kildadi.