USAID Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish boʻyicha yangi loyihani ishga tushirmoqda

© USAID

14-dekabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishni boshlanganini eʼlon qildi. “Chemonics International” tomonidan amalga oshiriladigan bu loyiha mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyati va hisobdorligini kuchaytirish, qaror qabul qilish jarayonlarida fuqarolarning faolligini oshirish yoʻlida respublika hukumatidagi hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy boshqaruv maqsadlariga erishish yoʻlidagi muhim qadam sifatida loyihani ishga tushirish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va USAID oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik memorandumi ikki tomon oʻrtasidagi hamkorlik asoslarini belgilab berishi barobarida, asosiy eʼtiborni samarali mahalliy boshqaruvni taʼminlash uchun huquqiy-meʼyoriy muhitni takomillashtirish, qarorlar qabul qilishda fuqarolar ishtirokini ragʻbatlantirish va mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini kuchaytirishga qaratadi.

“Mahalliy hamjamiyatlarga boshqaruvda faol ishtirok etish imkoniyatini berish yanada masʼuliyatli va hisobdor hokimiyatni barpo etish uchun muhim ahamiyatga ega”, dedi USAIDning Oʻzbekistondagi Missiyasi rahbari Devid Xofman (David Hoffman). “Ushbu loyiha fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar, nogironligi bor insonlar va boshqa himoyaga muhtoj aholining muammolarini mahalliy darajada tinglash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va qanoatlantirishga qaratilgan”.

Mazkur loyiha turli manfaatdor tomonlar, jumladan fuqarolar, tadbirkorlar, aholining alohida guruhlari, faollar, ommaviy axborot vositalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarining ehtiyojlarini aniqlaydi va ularni hal qilishda yordamlashadi. Loyiha ushbu inklyuziv yondashuv orqali mahalliy boshqaruvdagi islohotlarni Oʻzbekistondagi jamiyatning oʻziga xos ehtiyojlari va real voqelikka moslashtirishga harakat qiladi.

Bundan tashqari, bu loyiha milliy sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlashga, loyiha faoliyatining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiqligini taʼminlashga hamda loyiha natijalarining kelgusida hukumat tomonidan amalga oshirilishiga eʼtibor qaratadi.Hamkorlik, innovatsiyalar, texnik tajriba va foydalanuvchilarga yoʻnaltirilgan yondashuvlarga eʼtibor qaratish orqali, Mahalliy boshqaruv loyihasi Oʻzbekiston jamiyatining turli ehtiyojlarini inobatga oladi va hukumatning yanada inklyuziv, masʼuliyatli va hisobdor boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog