USAID administratorining Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

26-30 avgust kunlari AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Osiyo bo‘yicha byuro yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur AQSH-O‘zbekiston hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Kaur USAIDning mamlakatdagi hamkorlari va hukumat rasmiylari bilan uchrashadi. Bu haqda Interfax.uz’ga USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi maʼlum qildi.

Samarqandda Kaur ingliz tili o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazib, USAID yordami davlat maktablari tizimida ingliz tilini o‘qitish qanday yaxshilalangani bilan tanishadi. Shuningdek, u USAID tomonidan moliyalashtirilgan migrantlar uchun maslahat markaziga tashrif buyuradi va agentlik ko‘magida biznesi kengaygan bir qancha tadbirkorlar bilan ham uchrashadi.

Toshkentda Kaur farmatsevtika sohasida xalqaro sifat standartlarini taʼminlash hamda O‘zbekistonda xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi.

Anjali Kaurning faoliyat doirasi Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston, shuningdek, butun Osiyo mintaqasi uchun texnik xizmatlarni qamrab oladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog