/

Urush boshlangandan beri Ukrainada 13 mingga yaqin harbiy xizmatchi halok bo’ldi

24 fevral – urush boshlangandan beri Ukrainada 13 mingga yaqin harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak maʼlum qildi.

“Oliy Bosh qo‘mondon maʼlum qilganidek bizda Bosh shtabning rasmiy hisob-kitoblari bor. Unda ko‘ra, 10 mingdan 13 minggacha harbiylar halok bo‘lgan. Yaʼni, biz o‘lganlar soni haqida ochiq gapiryapmiz”, – dedi Podolyak.

Bu bilan u Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning Ukraina armiyasidagi yo‘qotishlar 100 ming askarni tashkil etishi haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, keyinchalik uning bu so‘zlari Tvitterdan olib tashlangan edi.

Prezident devoni maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarida yaralangan askarlar tufayli ko‘proq yo‘qotishlar kuzatilmoqda. Tinch aholining o‘limi esa, fon der Lyayen taxmin qilgan 20 ming qurbondan ham ko‘p sanoqni tashkil qilmoqda. Ularning aniq sonini okkupatsiya tufayli aniqlab bo‘lmaydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog