UNICEF O‘zbekistonning huquqiy bazasiga yuqori baho berdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Komilov BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari S. Graumann bilan uchrashdi.

Foto: unicef.uz

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari hamda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlariga oid qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan bo‘lib, voyaga yetmaganlarning manfaatlarini sud orqali himoya qilishning samarali mexanizmlari mavjud.

Davlat tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid siyosat hamda O‘zbekistonda bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi islohotlarga yuqori baho berildi.

Latest from Blog