Ikki karra Olimpiya chempioni, taekvondo WT bo‘yicha Ulug‘bek Rashitov 2024 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi taekvondochisi deb e’lon qilindi.
Hamyurtimizga ushbu mukofot Gonkongda bo‘lib o‘tayotgan pumsе bo‘yicha jahon chempionati doirasida topshirildi.
Mazkur nominatsiya g‘olibi butunjahon ovoz berish orqali aniqlangan.
Bu O‘zbekiston sporti uchun tarixiy voqea bo‘ldi, chunki ilk bor o‘zbek taekvondochilari global darajada bunday nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishdi.
Bundan avval hech bir o‘zbekistonlik Jahon Taekvondo Federatsiyasi tomonidan bunday yuqori e’tirofga loyiq topilmagan edi.