Foto: Wikimedia.com
Ukrainaning Xarkov shahridagi «Sentrenergo» davlat kopaniyasi qismiga kiruvchi «Zmiyevskaya» issiqlik elektro stansiyasi payshanba, 6-aprel kuni o‘z ishini to‘xtatadi.
Bu haqda Ukraina Energetika va kon sanoati vaziri bergan ma’lumotga tayanib TACC xabar qildi.
«Ertaga (6-aprel) «Zmiyevskaya» IESi o‘z ishini to‘xtatadi. Bizga manbalar yetarli», – deya xabar bergan vazir. Uning aytishicha IESning faoliyati mamlakatning elektroenergiyaga bo‘lgan ehtiyojidan ortiq. «Zmiyevskaya» IESi mamalakatning uchta viloyatini elektroenergiyaga bilan ta’minlar edi: Xarkov, Poltava hamda Sumsk viloyatlari.
Bunga qadar shu kunnig o‘zida (5-aprel) ikki elektrostansiyalar o‘z ishini to‘tatdi.