Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyining 27-kunida nishonlanadigan laylatul qadr kechasi munosabati 514 nafar mahkumni afv etdi.
Bu boradagi tegishli qarorni davlat rahbari 22-aprel kuni videoaloqa rejimida o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida imzolagan.
Shu munosabat bilan, Berdimuhamedov Turkmaniston mudofaa vaziri, Davlat xavfsizlik kengashi kotibi, Turkmaniston prezidenti huzuridagi fuqarolik va afv etish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash komissiyasi raisi Begench Gundogdiyevga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari bilan birgalikda afv etilganlarning qamoqdan ozod etilishi va yaqin kunlarda oilasi bag‘rida bo‘lishi uchun zarur ishlarni amalga oshirishlari bo‘yicha topshiriq bergan.
Viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlariga afv etilganlarni ishga joylashtirish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish vazifasi topshirilgan.
Berdimuhamedovning aytishicha, “muntazam ravishda afv etish aktlari orqali chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan insonlarga o‘z jinoyatini halol mehnat va mamlakat taraqqiyotida faol ishtiroki bilan yuvish imkoniyati beriladi”.