Turkiyaning Egey dengizi sohilidagi marvarid – Fethiye

Fethiye- to’g’ridan-to’g’ri qoyalarga o’yilgan hayratlanarli antik manzaralarga ega ulkan Likiya tog’lari; moviy shaffof dengizi, deyarli yil davomida iliq va mo’tadil ob-havosi; so’lim tabiati – apelsin, anor, limon, qarag’ay daraxtlari, qumli sohillari – bularning barchasi Fethiyega turk kurortlari orasida faxrlanishga va butun dunyodan kelgan sayyohlarning e’tiborini qozonishga imkon beradi.

2

                                                            Fethiye – O’ludeniz

Dalaman aeroportidan 60 km, Antaliya aeroportidan 300 km uzoqlikda joylashgan manzilda sayyohlarni o’ziga bir zumda jalb qiluvchi betakror dam olish maskanlari mavjud.

Ulardan biri O’ludeniz kurorti bo’lib, u yerda go’zal tabiat qo’ynidagi qumli sohillarda sifatli dam olishingiz, soatlab dengzi mavjlanishini kuzatishingiz mumkin.

3

Fethiyedagi sohillar, odatda, oq qum va toshlardan iborat bo’lib, noyob toshbaqalar tuxum qo’yish uchun keladigan uzun qumli sohil piyoda yurish uchun ayni muddao. Shuningdek, shaffof zilol suvda suzish uchun Agia Nikola oroliga tashrif buyurishingiz mumkin.

4

                                                           Kapalaklar vodiysi

Bu ajoyib manzilda siz tarix zarvaraqalariga muxrlangan betakror Rim teatri qoldiqlari,  600 yillik tarixga ega ritsar qal’asi xarobalari bilan tanishishingiz va Mendos qoyasiga o’yilgan Likiya qabrlarini ziyorat qilishingiz mumkin. Ulardan eng qadimiy va eng kattasi – Amintas qabridir.

5

                                                                Amintas qabri

Fikr bildirish

Latest from Blog