Turkiyada inflyatsiya iyul oyida yillik yuqori 79,6%ga ko‘tarildi, deya xabar qilmoqda Spot.uz nashri.
“Reuters” xabariga ko‘ra, narxlarning o‘sishiga zaif lira, shuningdek, dunyodagi energiya va tovarlar narxining oshishi sabab bo‘lgan.
Iyun oyida inflyatsiya darajasi mamlakat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 78,62%ni tashkil qilgan.
Bunga o‘tgan yilning kuzida Markaziy bank o’z stavkasini 500 bazaviy punktga bosqichma-bosqich pasaytirib — 14%ga tushirgandan keyin, Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘an tomonidan ilgari surilgan yumshatish siyosatining bir qismi sifatida, lira keskin pasayganidan so‘ng boshlandi.
“Inflyatsiya darajasi bir necha oy davomida yuqori ko‘rsatkichda qoladi”, — dedi rivojlanayotgan bozorlar iqtisodiyoti bo‘yicha ekspert Jeyson Tuvi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy xavf milliy valyutaning qulashi bo‘lib qolmoqda. Bunday yuqori ko’rsatkich oxirgi marta 1998-yil sentyabr oyida bo‘lgan edi.