Suriyaning Turkiyaga chegaradosh Aazaz shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.
Britaniyaning Inson huquqlarini monitoring qilish observatoriyasi Aazazdagi portlash avtomobilda sodir bo‘lganini tasdiqlagan.