/

Turkiya Oʻzbekistonga sement va shisha keramika eksportini sezilarli darajada oshirdi

Foto: UzEx.uz

2022-yil mart oyida Turkiya Oʻzbekistonga sement va shisha keramika eksportini 2021-yilning shu oyiga nisbatan toʻrt baravar oshirdi ya’ni 55 ming dollargacha.Bu haqda Turkiya Savdo vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Turkiya Oʻzbekistonga 3,454 million dollarlik sement va shisha keramika mahsulotlarini eksport qilgan, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 27 foizga koʻpdir.

2022-yil mart oyida Turkiya jahon bozorlariga 514,385 million dollarlik sement va shisha keramika eksport qildi, bu 2021-yilning shu oyiga nisbatan 27,9 foizga koʻpdir.

“2022-yilning yanvar-mart oylarida Turkiya butun dunyo bozorlariga 1,297 milliard dollarlik sement va shisha keramika mahsulotlarini eksport qildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 28,3 foizga koʻpdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Oʻtgan 12 oy ichida (2021-yil mart — 2022-yil mart) Turkiya jami 4,897 milliard dollarlik sement va shisha keramika eksport qilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog