Tadqiqotda turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlardan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr, Turkiya va O‘zbekistondan jami 7059 nafar ishtirokchidan to‘plangan ma’lumotlarga tayanilgan.
Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlar aholisining 85,9 foizi baxtli, 11,3 foizi unchalik baxtli emas, 2,8 foizi esa umuman baxtli emasligini bildirgan.
Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlar orasida ozarbayjonliklarning baxtlilik darajasi yuqori ekani qayd etilgan.
Bu mamlakatlar orasida hayotdan qoniqish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat — O‘zbekiston.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oila va do‘stlarning hayotdagi muhimlik darajasi hayotdan qoniqishga ko‘proq ta’sir ko‘rsatsa, siyosat va dinning ta’siri pastroq. Ish va bo‘sh vaqtning muhimligi esa statistik jihatdan ahamiyatsiz.
Shuningdek, hayotdan qoniqish va moliyaviy holatdan mamnuniyat orasida ijobiy bog‘liqlik kuzatilib, moliyaviy holatdan mamnuniyatning bir punktga ortishi hayotdan qoniqishni o‘n punktga orttiradi.
Turkiy tilda so‘zlashuvchi mamlakatlarda hayotdan qoniqish va milliy iftixor orasida kuchli bog‘liqlik kuzatilgan.
Ayollar erkaklarga nisbatan, yoshlar yoshi kattalarga nisbatan, sog‘lom respondentlar sog‘liq holati yomon bo‘lganlarga nisbatan yuqoriroq hayotdan qoniqish darajasiga ega ekani qayd etildi.