Turkiya IIB boshlig‘i Sulaymon Soylu Turkiyaning Diyorbakir shahridagi portlashni terakt emas, deya bayonot qildi Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.
Portlash binodagi politsiya zirhli texnikalari bilan ehtiyotkorsizlik bilan ishlangan paytda sodir bo‘lgan.
11-aprel tongida Baglar tumanida sodir bo‘lgan hodisada bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi. Texnika ta’mirlash ishlari olib borilgan ushbu binoning devorlari qulab tushgan. Hodisa joyiga darhol politsiya va shifokorlar yetib kelgan.