Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari aeroportda ilk “vizasiz” sayyohlarni kutib oldi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Toshkent aeroportida O‘zbekistonga yetti mamlakat fuqarolari uchun 30 kunlik erkin kirish amal qilishni boshlaganidan keyin yetib kelgan ilk sayyohlarni shaxsan kutib oldi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Aziz Abduhakimov poytaxt xalqaro aeroportiga 11-fevral kuni 19:10 da qo‘ngan Korean Air aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchilarini kutib oldi. Qo‘mita rahbari Koreya Respublikasi va Yaponiyadan kelgan sayyohlar bilan yapon tilida salomlashdi. Ular o‘z mamlakatidan O‘zbekistonga vizasiz kelgan ilk mehmonlar bo‘ldi. Sayyohlarga esdalik sovg‘alari va milliy liboslar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoni bilan, 2018-yildan 10-fevraldan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O‘zbekiston hududiga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog