AQSh prezidentining o‘g‘li Donald Tramp-kichkina amerikalik yulduzlarga otasi prezident bo‘lgan taqdirda mashhurlarning berishgan va’dalarini eslatib qo‘ydi. Bu haqda u Twitter’da bloggerlardan birining tvitini sharhladi.
«Franssiyalik mashur yulduzlar esa Marin Le Pen saylovlarda g‘olib bo‘lgan taqdirda Kanadaga ko‘chib o‘tishini aytishdi. Bu so‘zlarni men yana qayerda eshitgan bo‘lishim mumkin?», – deb yozdi videoblogger Pol Jozef Vatson.
Trampning o‘g‘li Vatsonning tvitini qo‘llab shunday yozdi: «Men hamon mashhurlarning ketish va’dasini bajarishini kutmoqdaman!!!»
Avvalroq, Donald Trampning katta o‘g‘li Donalnd Tramp-kichkina otasining izidan borishga qaror qilgani va u ham hukumat lavozimlaridan birida ishlashni istashi haqida xabar qilingan edi. Xususan u Nyu-York shtati gubernatorligiga o‘z nomzodini qo‘yish niyatida.