AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
«Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Vashingtonda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan Afgʻoniston boʻyicha muzokaralarni oʻtkazdi», — deb xabar qildi matbuot-xizmati.
Oʻzbek delegatsiyasi BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan oʻtkaziladigan qator tadbirlarda ishtirok etish uchun AQShga bir haftalik ishchi tashrifini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, Vashingtonda oʻzbek-amerika muzokaralari boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.