«Time» jurnali o‘zining tanloviga ko‘ra, «Yil odami» unvoni uchun finaldagi nomzodlarning ro‘yxatini e’lon qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu ro‘yxatdan yana bir bor o‘rin egalaldi. Bu haqda Gazeta.ru nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Tramp yana bir bor «Time»ning «Yil odami» bo‘lishdan bosh tortgani ma’lum qilingan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga qo‘ng‘iroq qilishib bu haqda ogohlantirib qo‘yishgan, ammo nashr ma’muriyati bu ma’lumotlarni inkor etdi.
10 ta nomzodlar orasida shuningdek, Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In, Xitoy prezidenti Si Szinpin, Amazon rahbari Jeff Bezos va AQShning «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha maxsus prokurori Robert Myullerlarning nomlari bor.