/

Tramp prezidentlik debatlarining birinchi raundidan voz kechdi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Respublikachilar partiyasidan prezidentlik uchun bo‘ladigan debatning birinchi raundida qatnashmasligini tasdiqladi va uning ishtirok etishi haqidagi bir necha oylik mish-mishlarga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda OAV.

Trampning taʼkidlashicha, u hozircha buni muhokama qilishdan maʼno ko‘rmayapti, chunki jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, u boshqa partiya nomzodlaridan ancha oldinda.

Tramp avvalroq eʼlon qilingan SBS so‘roviga iqtibos keltirdi, unda u o‘zining eng yaqin raqibi Florida gubernatori Ron DeSantisdan 46 foizga o‘zib ketganini ko‘rsatdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respublikachilarning 62 foizi Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, DeSantisni esa – 16 foiz.

“Jamoat mening kimligimni va mening prezidentligim energetik mustaqillik, kuchli chegaralar va kuchli armiya, tarixdagi eng katta soliq imtiyozlari, inflyatsiyaning yo‘qligi, tarixdagi eng kuchli iqtisodiyot va boshqa ko‘p narsalar bilan qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini biladi», dedi Tramp Truth Socialʼda yozgan xabarida.

Avvalroq sobiq prezident chorshanba kuni Miluokida munozarada qatnashish o‘rniga mashhur telejurnalist Taker Karlsonga ijtimoiy tarmoq orqali intervyu berishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi, deb xabar bermoqda The Hill.

Fikr bildirish

Latest from Blog