Tramp Obamani haqoratlagan rahbarni Vashingtonga taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan telefon orqali qilgan muloqot orqali uni Qoʻshma Shtatlarga taklif qildi. AQSH OAVlariga koʻra, bu AQSh Davlat departamenti uchun kutilmagan taklif boʻldi.

Tramp va Duterte telefon orqali Shimoliy Koreadan kelayotgan xavf-xatarlar va Filippin hukumati tomonidan giyohvandlikga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishgan.

Oq uy ushbu suhbatni «juda doʻstona munozara», deb baholagan. Tramp maʼmuriyati xabarida «Prezident Trampga munozara yoqdi», — deb aytilgan. Amerika rahbari noyabr oyida Sharkiy-Osiyo sammitida ishtirok etish uchun Filippinga tashrif uyushtirishi rejalashtirilgan. Tramp Duterteni Vashingtonga «Amerika-Filippin ittifoqidagi ahamiyatli masalalarni muhokama qilish» uchun taklif qilganligi qayd etilgan.

Duterte AQSh sobiq prezidenti – Barak Obamaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirib, uni haqoratlagach tanilib ketgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog