AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning AQSh senatori Jon Makkeynning o‘limi haqidagi rasmiy bayonotini nashr etilishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Washington Post o‘zining manbaasiga tayanib xabar qildi.
Gazetaning yozishicha, Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders, ma’muriyat boshlig‘i Jon Kelli va Oq Uydagi boshqa Trampning maslahatchilari Makkeynning qahramonligi maqtalgan bayonotni berishni talab qilishgan.
Bayonot qoralamasi Makkeynning vafot etishidan oldin tayyorlab qo‘yilgan va senatorning vafotidan so‘ng tuzatishlar kiritilgan. Shunga qaramay, AQSh prezidenti bayonotning nashr qilinishini taqiqlagan. Buning o‘rniga, Tramp o‘zining Twitter sahifasida senatorning vafoti haqidagi post bilan kifoyalangan.
Sanders esa bu ma’lumotni izohlashdan bosh tortdi.
Jon Makkeyn 25-avgust kuni vafot etdi. 2017-yili unda miya oʻsimtasi aniqlangandi.