Tramp korrupsiyaga qarshi kurash boshlagan Saudiya yetakchilarini qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi ommaviy hibsga olishlardan so‘ng Saudiya Arabistoni rahbarlariga bo‘lgan “yuksak ishonchi” haqida ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP 

“Podshoh Salmon va valiahd shahzodaga ishonchim baland, ular nima qilayotgani biladi. Ular keskin muomala qilganlardan ayrimlari yillar mobaynida mamlakatni ‘sog‘ib’ kelgan!” — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz 4-noyabr kuni korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shundan so‘ng Ar-Riyod korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi tashabbusi bilan 11 nafar shahzoda, 4 nafar amaldagi va o‘nlab sobiq vazir hibsga olindi. Jami 40 kishi qo‘mita tomonidan korrupsiyada gumon qilinayotgani bildirilmoqda.

Latest from Blog