AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan shaxsan uchrashish va muloqot qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Full Measure ko‘rsatuviga intervyu AQSh prezidentining Osiyo bo‘ylab safari oldidan yozib olingandi. Unda Tramp “turli davlatlardagi turli odamlar” bilan ko‘rishishini ta’kidlagan.
“O‘zim zarur deb hisoblagan har qanday kishi bilan uchrashish va suhbatlashishga tayyorman. Kishilar bilan muzokara olib borish yomon narsa emas. Shu sababli, albatta, bu muloqot uchun ochiqman. Biroq ko‘ramiz, o‘ylashimcha, buning vaqti hozircha kelgani yo‘q”, —dedi Tramp.