AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiyadagi saylovlarga aralashgani sabab ochilgan jinoiy ishda 200 ming dollar garov evaziga ozod qilinadi. Uning advokatlari va prokuratura tegishli kelishuvlarga erishdi, deb xabar bermoqda CNN.
Siyosatchining advokatlari “boshqa shartlarga” ham rozi bo‘ldi, deb xabar qildi telekanal tafsilotlarga aniqlik kiritmasdan.
Tramp 25-avgustgacha politsiyaga taslim bo‘lishi kerak. Ammo erishilgan kelishuvlarga muvofiq u rasmiy hibsga olinganidan keyin o‘tkaziladigan profilaktika tinglovida qatnashishi shart emas.
Bu ishda Tramp bilan birga yana 17 kishi ayblanmoqda.