Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi нetkazilgan eksport qilinayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarga kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi.
Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.