Toshkentlik bezori qo‘lga olindi

2017-yilning 20-iyun kuni taxminan soat 08:10 da, Jumashev Dovronbek Ro‘zixon o‘g‘li, Uchtepa tumanida joylashgan “Ravshan” MChJ binosi yonida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida fuqaro Muxamedov Doniyorni urib, unga tan jarohati yetkazgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 1-qismi (bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy xarakterga ega.

Fikr bildirish

Latest from Blog