Toshkentdagi valyuta qora bozori: 900 dan ortiq valyuta huquqbuzarligi fosh etildi

Toshkentda 2017-yil boshidan buyon bozorlar, savdo majmualari hududi va odamlar to‘planadigan boshqa joylarda o‘tkazilgan tezkor-profilaktika tadbirlari davomida 900 dan ortiq valyuta huquqbuzarligi fosh etildi. Bu haqda shahar prokuraturasi bo‘limi rahbari Bobir Dehqonov 25-yanvar, chorshanba kungi brifingda ma’lum qildi.

Foto: National Daily

2017-yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti shahar boshqarmasi 818 ta valyuta huquqbuzarligini aniqladi.

102 ta jinoiy ish, ulardan 74 tasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 25 tasi 176-modda (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va uchtasi JKning boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, 716 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan va 1 258 ta profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Joriy yilda 91 ta valyuta huquqbuzarligi aniqlanib, ular bo‘yicha 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog