Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo markazi yaqinida pichoqbozlik yuz berdi, deb yozadi“Podrobno.uz”.
“21-avgust kuni Shayxontohur tumanida Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.A. Samarqand Darvoza gipermarketi yaqinida yuz bergan janjalda fuqaro T.R.ga pichoq bilan jarohatlar yetkazdi. Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazildi, Sh.A. esa qo‘lga olindi”, — deya ma’lum qilishdi IIVda.
Avvalroq, Toshkent shahridagi «Aurum 898» tungi klubida ham pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida xabar qilingan edi. Hodisa oqibatida o‘zbekistonlik erkin kurashchi Jamshid Kenjayev vafot etgan.