Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi xususiylashtiriladi

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi savdoga chiqariladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Qayd etilishicha, “Otel O‘zbekiston” MChJ nizom kapitalida 80,13 foizni tashkil qiladigan davlat ulushi sotuvga chiqariladi. Uning boshlang‘ich narxi hozircha e’lon qilinmagan.

Mehmonxonaning yangi mulkdorlari uni yangilash va lozim bo‘lgan taqdirda to‘liq qayta ta’mirlash majburiyatini zimmasiga olishi kerak bo‘ladi. Mehmonxonaning to‘liq qiymati uch yil ichida davlatga to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri bo‘lgan “O‘zbekiston” 1974-yilda barpo etilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog