Toshkentda yirik zargarlik buyumlari zavodi quriladi


Toshkentning Chilonzor tumanida yaqin kelajakda Oʻzbekistondagi eng yirik zargarlik buyumlari zavodi quriladi. «1-Zargarlik korxonasi» nomli loyiha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eʼtiboriga taqdim etildi.

Qurildigan korxonaning umumiy qiymati 10 milliard soʻmni tashkil qiladi. Korxona yiliga 13 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqaradi. Yangi korxonada 100 ta qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi. Eslatib oʻtamiz zargarlik sanoatini rivojlantirish Oʻzbekistonning yaqin besh yil ichida belgilangan Rivojlanish strategiyasiga kiritilgan muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog