23-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 6:26da poytaxtda zilzila qayd etildi. Yevropa-Oʻrta yer dengizi seysmologiya markazi bu vaqtda Oʻzbekiston sharqida zilzilani qayd etgan.
«Toshkent» seysmostansiyasi maʼlumotlariga koʻra, 4 balli zilzila episentri Qozogʻiston janubida, Toshkentdan 18 kilometr masofadagi Sariogʻoch tumani hududida joylashgan.
Toshkent aholisi 3-4 balli yer qimirlashini sezishgan.
Zilzila episentri Sariogʻoch shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, Toshkentdan 31 kilometr sharqda, 10 kilometr chuqurlikda boʻlgani bildirilmoqda. Episentrda zilzila kuchi 4,6 ballni tashkil etgan.