Vazirlar Mahkamasining 7-iyuldagi qarori bilan Toshkent shahrida tez quriladigan va arzon uy-joylar qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2017-2018-yillarda poytaxtning Olmazor tumanidagi sobiq “Toshkent chinni zavodi” hududida “Yangi Olmazor” turar-joy majmuasi quriladi.
Turar-joy majmuasi oltita to‘qqiz qavatli ko‘p xonadonli uylardan iborat bo‘ladi. 9 qavatli tajribaviy uylarda Germaniyaning «Vollert» kompaniyasi ko‘p funksiyali liniyasi bazasidagi zamonaviy energiya jihatdan samarali texnologiyalar qo‘llaniladi.
“Yangi Olmazor” turar-joy majmuasi xonadonlari asosan yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar, shuningdek uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning boshqa toifalariga taqdim etiladi.