14-yanvar kuni Shayxontohur tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida avtobusning 78-marsruti konduktori, 43 yoshli T.B.ga nisbatan jinsiy ta’qib aybi bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga asoslanib xabar bermoqda.
Sud materiallariga ko‘ra, T.B. avtobusda uyiga qaytayotgan, 2012-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi bilan jinsiy xarakterdagi harakatlarni sodir etgan. U qizga turli savollar bergan, yuziga teggan va boshidan o‘pishga uringan.
Sud majlisida erkak qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, bunday holat takrorlanmasligini ta’kidladi.
Sud qaroriga binoan, fuqarolik ishlari bo‘yicha T.B. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (Jinsiy ta’qib) 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.