26-iyun kuni Vengriya Tashqi Ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Foto: Ria Novosti
Ikki kunlik tashrif dasturida bir qator uchrashuvlar hamda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida, Vazirlar mahkamasida, Tashqi ishlar vazirligida, Qishloq xo‘jaligi vazirligida, Davlat sarmoyalar qo‘mitasida va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, vazir Peter Siyarto Toshkentda Vengriya elchixonasi ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.