Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bufun, 11-aprel soat 18:00 da turkman kinosi kunlarining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etish uchun 10-aprel kuni turkmanistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.
Turkman kinosi kunlari poytaxtda 13-aprelga qadar davom etadi.
Mazkur tadbir Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 6-7-mart kunlari Turkmanistonga Davlat tashrifi mobaynida imzolangan «O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida 2017-2019-yillarda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik Dasturi»ga asosan tashkil etilmoqda.