Eng ko‘p qo‘llaydigan so‘zlarimizdan biri “baxt” ekanligi shubhasiz. “Baxt tilayman, baxtli kun, baxtiyorman, baxtimsan!” Bu jumlalarni uzoq davom ettirish mumkin. Ammo uning ta’rifi bormi, shakli, rangi qanday?.. Javobga qiynalamiz.
Foto: Korrespondent O‘zbekiston
Baxt o‘zi nimadir, men bilolmadim, degan xonishda chindan haqiqat borligini anglay boshlaymiz. Yana adabiyotdan, san’atdan ilinj qidiramiz.
«O‘zbekkino» Milliy Agentligining «Kinoaktyor” teatr-studiyasi ijodkorlari shu istakda Tenessi Uilyamsning «Bir kunlik baxt» pyesasini sahnaga olib chiqdi. Navbatdagi taqdimot 29-may soat 18.00da bo‘lib o‘tadi. Barchangizni ushbu tomoshaga taklif qilamiz. Sahnalashtiruvchi rejisyor Sayfiddin Meliev. Rollarda: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova, Farhod Xudoyberdiev, Ilmira Rahimjonova, Izrohat Murodova, Erkin Bozorov, Husnora Ro‘zmatovalar.