“Toshshahartransxizmat” parki katta sig‘imga ega va qisilgan tabiy gazda yuruvchi 50 ta pastpolli MAN avtobuslari bilan to‘ldirildi, deya xabar qilmoqda «Repost.uz» nashri.

Ta’kidlanishicha, avtobuslar Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korhonasida yig‘ilgan.
2018-yilda Toshkentga yana 110 ta shunday avtobuslar yetkaziladi, 2019-yilda esa – 190 ta. Yangi avtobuslar yetkazib berilishi Vazirlar Maxkamasining 11-marttdagi qarori doirasida amalga oshiriladi. Kompaniyaning avtobus parklarida MAN servis markazlari ham ishga tushiriladi.
12 metr uzunlikka ega avtobuslar 90 kishiga mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar qulayligi uchun avtobuslarda boshqariladigan pnevmoosmalar tizimi, yo‘l mo‘tadilligini ushlab turuvchi elektro tizim, harakat yumshoqligini ta’minlovchi elektron boshqaruv tizimlari o‘rnatilgan. Shuningdek, konditsioner va apparellar ham mavjud.
Yangi QTG-texnologiyalarini qo‘llash yonilg‘i uchun ketadigan harajatlarni 30-35 foizga qisqartirish imkonini beradi, deb xabar qildi MAN-Auto Uzbekistan.