Toshkentda qalbaki muhrga ega bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari avtotransport vositalarining qayd etish guvohnomasiga texnik ko‘rikdan o‘tganlik haqida qalbaki muhr qo‘yish bilan shug‘ullanayotgan ikki nafar firibgarni qo‘lga olishdi.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, 1974- va 1975-yilda tug‘ilgan erkaklar 150 000 so‘m evaziga avtotransport vositalarining qayd etish guvohnomasiga “texnik soz” yozuvli qalbaki muhrni bosib, imzo qo‘yish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Latest from Blog