Toshkentda o‘tkazilgan «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi»ning g‘olib jamoasi aniqlandi

2

Bugun, 8-fevral kuni Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetida «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi» (The Philip C. Jessup International Moot Court Competition)ning milliy bosqichi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilgan edik.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi Professor Dr Hab. Wladyslaw Czaplinsi bilan. Foto: «Korrespondent O‘zbekiston»

Kun davomida o‘tkazilgan 3 bosqichli tanlovda Toshkentdagi 3 ta universitet talabalari bellashishdi, bular: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Tanlovni kuzatgan «Korrespondent O‘zbekiston» muxbirining xabar qilishicha, hakamlar g‘olib sifatida Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti jamoasini e’lon qildi. Ikkinchi o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti egalladi.

Xullas, aprel oyida Vashingtonda bo‘ladigan «Ph. Jessup Xalqaro huquq tanlovi»ning xalqaro bosqichida O‘zbekiston nomidan Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti chiqish qiladi.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog