Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z xonadonini fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun 100.000 so‘m pul evaziga berib kelgan.
Foto: oks-bryant.ru
2017-yilning 15-iyun kuni taxminan soat 21:30 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 100.000 so‘m pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.