Toshkent IIBB huzurida asosiy vazifasi O‘zbekiston poytaxtni aholisi va mehmonlariga yordam berishdan iborat bo‘lgan «maxsus patrul» guruhlari tashkil etildi. Bu haqda boshqarma saytida xabar qilindi.
Guruhlar poytaxtning uch joyida — «Toshkent» vokzali, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport va Mustaqillik maydonida faoliyat ko‘rsatadi.
Guruh xodimlari maxsus formasi bo‘yicha farq qiladi. Ular Translator tizimi (ovozli tarjimon) va poytaxtning elektron kartasi bo‘lgan «Navigator»ga ulangan smartfonlar bilan ta’minlangan.