Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


2017-yilning 7-aprel kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari hamda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Markaziy Osiyo mintaqasidagi holat, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi aloqalar hamda mavjud umumiy muammolar yechimlarini birgalikda ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ochgach, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqdilar.

Yig‘ilish ishtirokchilari Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovning BMT Xavfsizlik Kengashida olib borilayotgan ishlar haqidagi axborotini ham tingladilar.

Yig‘ilish yakunida Markaziy Osiyo TIV rahbarlarining shu kabi forumlarini muntazam ravishda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog