Toshkentda «Kecha va kunduz»ni tarjima qilgan fransuz olimi Cho‘lpon hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qiladi

Yevropa tillari bayrami munosabati bilan Fransiya elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini fransuz tiliga tarjima qilgan fransiyalik tadqiqotchi Stefan Dyuduanon (Stéphane Dudoignon) bilan uchrashuv tashkil etmoqda. Bu haqda Fransiya elchixonasining matbuot xizmati xabar qildi.

001 korrespondent uz Stéphane Dudoignon
Foto: Ambassade de France au Pakistan

Uchrashuvda Stefan Dyuduanon O‘zbekiston tarixi va madaniyati, jumladan, jadidchilik harakati hamda Cho‘lpon hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qiladi.

001 korrespondent uz Stéphane Dudoignon
Foto:Culture France Ouzbékistan

Ma’ruza 26-sentabr kuni soat 15-00 da O‘zbekiston milliy kutubxonasining “Jahon” o‘quv zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog