2017-yilning 15-iyun sanasida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada Hotam Fayziyevning 80 yilligiga bag‘ishlangan «Kadrlarga sig‘magan hayrat…» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Foto: www.np.kz
Mohir kinooperator xotirasiga bag‘ishlab tashkil etiladigan kechada taniqli san’atkorlar, rejissyor-operatorlar va jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Iste’dodli kinooperator va rejissyor o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas sahifa bo‘lib qolgan «Sen yetim emassan» (1962), «Toshkent — non shahri» (1967), «Favqulodda komissar» (1969), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), «Dilorom» (1968), «O‘tkan kunlar» (1998) kabi badiiy filmlarni suratga olgan.
1960—1998-yillar mobaynida Fayziyev suratga olgan ko‘pgina badiiy va hujjatli filmlar Kishinyov, Sankt-Peterburg, Tbilisi, Baku, Olmaota, Tehron, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘lgan festivallarda sovrinlarga sazovor bo‘lgan.
Hotam Fayziyev 2013-yilning 7-may sanasida, 75 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan.