1-mart kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasi “Hindistonning yozma merosi: hind islom xattotlik sanʼati” nomli xalqaro koʻrgazma ochildi.
Koʻrgazmaning ochilish marosimida Hindiston madaniy aloqalar kengashi prezidenti Vinay Sahasrabuddhe, Hindistonning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat, Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chander Shekxar ishtirok etdi va soʻzga chiqdi. Tadbirda ushbu koʻrgazma Hindiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Hindiston oʻzining boy madaniy merosi va tasviriy sanʼati bilan mashhur. Mamlakatning rivojlanishi turli xil madaniy qatlamlarga asoslangan boʻlib, bu yerda deyarli barcha dunyo dinlari mavjud, ular sanʼatda aksini topgan. Islom sanʼat ham bundan mustasno emas.
Islom dini dunyoning turli burchaklarida paydo boʻlishi va tarqalishi bilan arab yozuvlari nafaqat mamlakatlar oʻrtasida yozma aloqa vositasiga aylandi, balki Islom kitob grafikasidagi butun tendensiyaning asosini tashkil etdi. Odamlarni tasvirlash taqiqlanganligi sababli xattotlik haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtarildi. Hindistonda ushbu mamlakat taraqqiyotining tarixiy xususiyatlari tufayli oʻziga xos xususiyat va xususiyatlarga ega boʻlgan kuchli xattotlik maktabi mavjud.
Ushbu koʻrgazmada Hirot maktabi buyuk ustalarining 105 ta sanʼat namunalari joy egalladi. Ularning aksariyati XV –XIX asrlarda Hindistonning turli hududlaridan kelgan. Koʻrgazmada kufiy, nasx, nastaʼliq, xatti shikasta, taʼliq va boshqa uslubiy yoʻnalishlardagi xattotlik asarlari namunalari namoyish etilmoqda. Ushbu xattotlik uslublarining deyarli barchasidan Qurʼon oyatlarini yozishda keng foydalanilgan. Hirot xattotlik maktabi yozish uslubining nafisligi va nozikligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi.
Mazkur koʻrgazma bir hafta davom etadi va tomoshabin Hindiston musulmon madaniyati xattotlik sanʼati namunalaridan bahramand boʻladi.