Toshkent shahrining Yashnoobod tumanida etti nafar hindistonlik va ularga fohishalik xizmatini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev ma’lumotlari asosida «Darakchi» xabar qiladi. Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida aniqlangan fohishaxonada 3 nafar fohisha va 7 nafar hindistonlik qo‘lga olingan.
Shuningdek, hafta davomida fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, olib borilgan “ORIYAT” tadbiri davomida jami 30 ta holat aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. 69 nafar shaxslar fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, barchasiga nisbatan ma’muriy ta’sir choralar ko‘rildi.