Toshkentda bir hafta ichida yuzlab piyodalar jarimaga tortildi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 20-26-noyabr kunlari «Tozalash-Antiterror» keng miqyosli tadbiri doirasida o‘tkazilgan reydlar natijalarini e’lon qildi. IIBB saytida qayd etilishicha, reydlar yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi va Yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Foto: Pixland

Reydlar davomida 17617 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan. Ularning 1256 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish, 549 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish, 156 tasi mast holatda transport vositasini boshqarish, 568 tasi uyali telefondan foydalanish bilan bog‘liq. Shuningdek, 414 piyoda jarimaga tortildi.

Poytaxtning 115 ta chorrahasidagi foto va video qayd qilish kameralari orqali 2414 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd qilingan bo‘lib, shulardan 616 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik va 1798 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq.

Latest from Blog